«Chelsi» 19 yoshli qanot yarim himoyachisi Estevaoga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida o‘yin amaliyoti yetishmasligidan xavotirda bo‘lsa-da, klub braziliyalik futbolchini uzoq muddatli rejalarining muhim qismi deb hisoblamoqda.
«Chelsi» Estevao jamoadan ketishni talab qilmaydi, deb hisoblamoqda. Bosh murabbiy Xabi Alonso ham futbolchining salohiyatini yuqori baholagan.
«Este tayyor, u yaxshi mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Unda ajoyib imkoniyat bor. U jamoaga to‘liq jalb qilingan va har kuni o‘zining juda yaxshi munosabatini namoyish etmoqda», — dedi Alonso.
Estevao joriy mavsumda Premyer-ligada atigi 16 daqiqa maydonda harakat qildi. Chorshanba kuni esa Liga Kubogida «Lids»ga qarshi uchrashuvda tanaffusda almashtirildi.
Futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, klub joriy mavsumning o‘zida shartnoma shartlarini yaxshilashni rejalashtirmoqda.













