«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis jamoadoshi Xvicha Kvarasxeliya haqida fikr bildirdi.
«U aqlbovar qilmas futbolchi, ayniqsa raqib maydoni tomonida juda xavfli. U himoyani osonlik bilan yorib o‘tadi va o‘ng oyog‘ida ajoyib zarba bor.
U futbolni juda yaxshi tushunadi, bo‘sh hududlarni ko‘ra oladi va to‘pni qanday qabul qilishni biladi. Shu bilan birga, u himoyada ham bizga juda katta yordam beradigan vinger. Bu uning kuchli jihatlaridan biri», — deya Ruisning so‘zlarini The Athletic keltirdi.
Joriy mavsumda 25 yoshli Kvarasxeliya barcha musobaqalar hisobida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, Xvicha Kvarasxeliya va Fabian Ruisning har ikkisi 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» mukofotiga nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.













