22 yoshli «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda Transfer News Live akkaunti xabar berdi.
Yarim himoyachi uchun kurashda «Liverpul», Londonning «Chelsi» klubi va «Nyukasl» ishtirok etmoqda. Uortonning o‘zi ham yaqin transfer oylarida klubini almashtirishni rejalashtirmoqda.
«Kristal Pelas» esa o‘zining yetakchi futbolchisi transferidan kamida 75 million funt (87 million yevro) ishlab olishni istamoqda.
Uorton 2024 yil fevral oyidan buyon «burgutlar» safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Futbolchining transfer bozoridagi taxminiy qiymati esa 4 million yevroni tashkil etadi.













