Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol

Dembele: «Oltin to‘p» «PSJ» futbolchisida qoladi»

Dembele: «Oltin to‘p» «PSJ» futbolchisida qoladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Amaldagi «Oltin to‘p» sohibi Usman Dembele katta intervyu berib, dunyoning eng yaxshi futbolchisi maqomi unga qanday bosim o‘tkazayotgani haqida gapirdi va 2026 yilgi sovrin uchun o‘z favoritlarini aytdi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

«Egoingiz ustunlik qilishiga yo‘l qo‘ymasligingiz kerak. Bu har bir futbolchi ustida ishlashi kerak bo‘lgan jihat, ayniqsa “Oltin to‘p” sohibi bo‘lsangiz. O‘zingiz bo‘lib qolishingiz kerak, aks holda bu maqom sizni o‘z domiga tortib ketishi mumkin. Ba’zan osmondan yerga tushish kerak. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men avvalgidek inson bo‘lib qolishni xohlayman. Qayerdan kelganimni unutishni istamayman, bu darajaga yetishimda jamoadoshlarim yordam berganini ham unutmoqchi emasman».

Fransiyalik futbolchi sovrin qayerda qolishi borasida hech qanday shubha yo‘qligini ham ta’kidladi.

«Menimcha, bu yerda hech qanday noaniqlik yo‘q. O‘ylaymanki, sovrin PSJ futbolchisining qo‘lida qoladi».

Shu bilan birga, Dembele o‘zini sovrin uchun asosiy favoritlar qatoriga qo‘shmadi.

«Men hech qachon o‘zim uchun ovoz bermayman».

U asosiy da’vogarlar orasida Xvicha Kvarasxeliya, Xarri Keyn va Kilian Mbappeni qayd etdi.

Kiritildi: 15:39, 12.09.2026.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик