"Liverpul" Angliya Premyer-ligasining 4-turida o‘z maydonida "Fulxem" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuv davomida mezbonlar raqib darvozasi tomon 3 ta aniq zarba yo‘lladi. "Fulxem" futbolchilari esa 4 marta darvoza nishonga aniq zarba berdi.
Ushbu natijadan so‘ng "Liverpul" 6 ochko bilan APL turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. 1 ochkoga ega "Fulxem" esa 18-pog‘onada joylashgan.
"Liverpul" chempionatdagi keyingi uchrashuvini 20 sentyabr kuni safarda "Bornmut"ga qarshi o‘tkazadi. "Fulxem" esa shu kuni o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.













