Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. Diyegu Moreyraning dubli "Milan"ga "Lasio"ga qarshi ochko olib keldi

A Seriya. Diyegu Moreyraning dubli "Milan"ga "Lasio"ga qarshi ochko olib keldi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasi 4-turidan o‘rin olgan "Lasio" — "Milan" uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi. Bahs Rimdagi "Olimpiko" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Matteo Marchenaro boshqardi.

10-daqiqada "Lasio" vingeri Matteo Kanchellyeri hisobni ochdi. 39-daqiqada niderlandiyalik hujumchi Teyyanni Noslin rimliklarning ustunligini ikki to‘pga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda "Milan" kambek amalga oshirdi. 65-daqiqada jamoa yangi futbolchisi Diyegu Moreyra hisobni qisqartirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, u yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi va hisobni tenglashtirdi.

Ushbu natijadan keyin "Milan" 4 turda 8 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. "Lasio" esa 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:11, 12.09.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик