«Real» vingeri Yan Diomande jamoa safidagi dastlabki 6 ta o‘yinida gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Kot-d’Ivuarlik 19 yoshli futbolchi La Liga 5-turidan o‘rin olgan «Rayo Valyekano»ga qarshi bahsda «Real» safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. U 72-daqiqada almashtirildi.
Bunga qadar Diomande beshta uchrashuvda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan. U mos ravishda 64, 84, 65, 64 va 79-daqiqalarda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Yan Diomande avgust oyi boshida «RB Leypsig»dan «Real» safiga 125 million yevro va yana 15 million yevro miqdoridagi bonuslar evaziga o‘tgan edi.













