«Arsenal» o‘z tarixida to‘rtinchi marta Angliya Premyer-ligasi mavsumini ketma-ket 4 ta g‘alaba bilan boshladi.
Mikel Arteta boshchiligidagi londonliklar 4-turda safarda «Sanderlend»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bunga qadar «Arsenal» «Koventri»ni 3:0, «Aston Villa»ni 1:0 va «Chelsi»ni 2:1 hisobida yenggan edi.
«Kanonirlar» bundan avval APL mavsumini 4 ta ketma-ket g‘alaba bilan 2003/04, 2004/05 va 2022/23 yillarda boshlagan.
2003/04 yilgi mavsumda «Arsenal» yakunda chempion bo‘lgan. 2004/05 va 2022/23 mavsumlarida esa 2-o‘rinni egallagan.













