«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya chempionati doirasida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda yarim himoyachi Federiko Valverdeni tanaffusda almashtirish qaroriga izoh berdi.
«Bu ehtiyot chorasi edi. Valverde «Inter»ga qarshi uchrashuvda axill payi sohasidagi og‘riq bilan o‘ynagandi. Bundan tashqari, bugun u charchab qoldi», — deya Mourinyuning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
«Real» «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limning ma’lum qismida mehmonlar ustunlikni qo‘lga oldi. Bu esa «qirollik klubi» muxlislarining noroziligiga sabab bo‘ldi va ular o‘z jamoasini hushtakbozlik bilan qarshi olishdi.
«Real» La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini «Elche»ga qarshi o‘tkazadi.













