Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Saka APLda Bekxem va Piresni ortda qoldirdi

Saka APLda Bekxem va Piresni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Bukayo Saka «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Kanonirlar» mazkur bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

25 yoshli futbolchi 98-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvning yakuniy hisobini belgiladi. Bu Sakaning Premyer-ligadagi faoliyati davomida urgan 63-goli bo‘ldi.

Shu tariqa, u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Devid Bekxem, Rober Pires va Sten Kollimorni ortda qoldirdi. Ularning har biri Angliya Premyer-ligasida 62 tadan gol urgan.

«Arsenal» to‘rt turdan so‘ng 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Mikel Arteta jamoasi 15 sentyabr kuni Angliya Liga kubogining uchinchi bosqichida safarda «Ipsvich»ga qarshi maydonga tushadi. 19 sentyabr kuni esa «Arsenal» Premyer-liga doirasida mehmonda «Brayton» bilan uchrashadi.

Kiritildi: 13:33, 13.09.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик