Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Donnarummaning uyini tunagan jinoiy guruh yetakchisi 9 yilga qamaldi

Donnarummaning uyini tunagan jinoiy guruh yetakchisi 9 yilga qamaldi

Baho:
+2 | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubi va Italiya milliy terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummaning uyiga qilingan bosqinchilik harakati tashkilotchisi Ilyos Xerbush 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.

Mudhish voqea 2023-yilning 20 iyulidan 21 iyuliga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Yetti kishidan iborat jinoiy guruh (ularning ba’zilari hali ham aniqlanmagan) Donnarumma va uning sevgilisi bo‘lgan vaqtda ularning Parijdagi uyiga bostirib kirgan. Qaroqchilar ularga kuch ishlatib, telefon quvvatlagich simlari bilan bog‘lab qo‘ygan va uyni tunab ketgan.

Ansa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bosqin vaqtida darvozabonning yuziga jarohat yetkazilgan. Shundan so‘ng uydan katta miqdordagi pul, qimmatbaho soatlar, dizaynerlik sumkalari, telefon hamda Mercedes va Lamborghini avtomobillarining kalitlari o‘g‘irlangan. Zarar miqdori salkam 1 million yevroni tashkil etgan. Eng fojiali tarafi shundaki, o‘sha vaqtda homilador bo‘lgan Donnarummaning sevgilisi Alessiya voqeadan bir necha kun o‘tib, qornidagi farzandidan ayrilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Ganito laqabi bilan tanilgan 21 yoshli Xerbush 14 yoshidan beri qamoqda jazo o‘taydi va ushbu operasiyani aynan o‘z kamerasidan turib boshqargan. U 2025-yilning mart oyida qamoqdan qochishga ham uringan. Uning ismi ko‘plab odam o‘g‘irlash jinoyatlarida ham tilga olinadi. Boshqa jinoyatlari uchun berilgan jazo muddatlarini qo‘shib hisoblaganda, u endi faqatgina 2043-yilning aprelida ozodlikka chiqishi mumkin. Sud qaroriga ko‘ra, Xerbush Donnarumma ishi bo‘yicha 80 ming yevro miqdorida jarimaga ham tortildi.

Yana bir gumondor, 22 yoshli Xyan Mamuni sudda oqlandi. Jinoyatni tashkillashtirishda yordam berishda ayblangan Muxtor Diop esa o‘z aybiga iqror bo‘ldi va 5 yilga (shundan 2 yili shartli) ozodlikdan mahrum etildi. Hukm o‘qilishi jarayonida Donnarumma va uning sevgilisi ishtirok etmadi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik posbon 2023-yilda Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi sharafini himoya qilgan, 2025-yilda esa “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan. U Parij klubi safida to‘rt karra Fransiya chempioni, ikki marta mamlakat kubogi va uch marta Superkubogi sohibiga, shuningdek, Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan. Donnarumma Lev Yashin nomidagi yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinini ikki marta qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:33, 13.09.2026.
O'qildi: 1375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик