«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko o‘zini bezovta qilgan boldir sohasidagi muammo haqida fikr bildirdi.
«Nega qaytishim cho‘zildi? Aslida, barchasi vaziyat yomonlashmasligiga ishonch hosil qilish uchun qilindi. Bizga odatdagidan biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi, chunki juda erta qaytish jarohatning yana takrorlanishi xavfini oshirardi. Menimcha, yana biroz kutish a’lo qaror bo‘ldi. Endi hammasi bitdi, shuning uchun barchasi joyida», — dedi Sheshko.
Benyamin Sheshko joriy mavsumda APLdagi uchta uchrashuvning barchasida zaxiradan maydonga tushdi. Yaqinda sloveniyalik futbolchi «MYU»ning asosiy tarkibiga qaytdi — u Chempionlar ligasida «Sabax»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.













