Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Daniel Maldini YTHga uchradi

Daniel Maldini YTHga uchradi

Baho:
+ | -

Paolo Maldinining o‘g‘li Daniel Maldini shanba kuni «Kalyari» safida «Atalanta»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Maldini gol urib, jamoasiga safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi.

Uchrashuvdan keyin Daniel Milanda kecha o‘tkazdi. Shaharning shimoliy qismida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 25 yoshli Maldini va yana besh kishi yengil jarohat oldi. Jabrlanganlar orasida 20 va 22 yoshli ikki qiz, shuningdek, 19, 20 va 21 yoshli uch yigit bor.

Hodisa joyiga tez yordam mashinalari yetib keldi. Bir kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, besh nafar jabrlanuvchi, jumladan Maldini ham tekshiruvdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib ketildi.

ANSA xabar berishicha, polisiya YTHning barcha tafsilotlarini aniqlashda davom etmoqda.

Kiritildi: 15:40, 13.09.2026.
O'qildi: 782 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик