"Glazgo Reynjers" Shotlandiya Liga kubogi chorak finalida "Seltik"ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuv "Reynjers"ning yangi bosh murabbiyi Derek Makinnes uchun ashaddiy raqib "Seltik"ka qarshi ilk derbi bo‘ldi.
Makinnes "Reynjers" tarixida "Seltik"ka qarshi ilk o‘yinida nafaqat g‘alaba qozongan, balki kamida uchta to‘p farqi bilan zafar quchgan birinchi murabbiyga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, 55 yoshli Makinnes futbolchilik faoliyati davomida 2002 yilda Shotlandiya terma jamoasi safida 2 ta o‘yin o‘tkazgan.
U Shotlandiya klublaridan tashqari Fransiyaning "Tuluza" va Angliyaning "Vest Bromvich" jamoalarida ham to‘p tepgan.













