Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti: "Golni o‘yin qayta boshlanganidan keyin qanday bekor qilish mumkin?"

Anchelotti: "Golni o‘yin qayta boshlanganidan keyin qanday bekor qilish mumkin?"

Baho:
+ | -

"Lill" bosh murabbiyi Davide Anchelotti Fransiya chempionati 4-turida "Trua"ga qarshi o‘yindagi hakamlikdan norozi bo‘ldi.

Uchrashuv "Lill"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsning 2 va 22-daqiqalarida mezbonlarning gollari ofsayd sabab bekor qilindi.

Anchelotti ikkinchi qarorga e’tiroz bildirmadi, ammo birinchi golning bekor qilinishi unda savollar tug‘dirdi. Chunki hakamlar golni o‘yin qayta boshlanganidan bir necha soniya o‘tib bekor qilishgan.

"Gol bekor qilinganidan keyin jahlim chiqqan edi, shuning uchun to‘rtinchi hakam bilan gaplashmadim. Keyin biz gol urganimizdan so‘ng uning oldiga bordim. U menga bunday qilish mumkinligini aytdi.

Men undan: "O‘yin qayta boshlanganidan atigi yetti soniya o‘tgach, golni qanday qilib bekor qilish mumkin?" deb so‘radim.

U bunday holat mumkinligini va jahon chempionatida ham shunga o‘xshash voqea bo‘lganini aytdi. Uning tushuntirishi shu bo‘ldi.

Men bunday holatni birinchi marta ko‘ryapman. Balki, o‘sha jahon chempionatidagi o‘yinni ko‘rmagandirman. Ammo hakamning izohi aynan shu edi", — dedi Anchelotti.

"Lill" 10 ochko bilan Fransiya chempionati peshqadamlari safida bormoqda. "Monako" va "Renn" ham 10 tadan ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 10:24, 14.09.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик