Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Tennis. Aleksandr Zverev US Open chempioniga aylandi

Tennis. Aleksandr Zverev US Open chempioniga aylandi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mavsumning eng so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri — US Open yakunlandi. Finalda Germaiya vakili Aleksandr Zverev amerikalik Ben Sheltonni mag‘lub etib, faoliyatida ilk bor AQSH ochiq chempionati g‘olibiga aylandi.

Uchrashuv 6:3, 7:6, 5:7, 6:2 hisobida Zverevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Turnirda Zverev 1-raqamli, Shelton esa 8-raqamli tennischi sifatida saralangan edi.

Bu germaniyalik tennischi uchun “Katta dubulg‘a” turkumidagi ikkichi chempionlik bo‘ldi. U 2026 yilda “Rolan Garros” turnirida bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Amerikalik Ben Shelton faoliyatida ilk bor Grand Slam musobaqalarining finaliga yetib keldi. Bunga qadar Aleksandr Zverev va Ben Shelton barcha turnirlarida jami 6 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, ularning barchasida Aleksandr Zverev g‘alaba qozongan (6:0).

Aleksandr Zverev AQSH ochiq chempionati turniridagi g‘oliblikdan so‘ng 2000 reyting ochkosi hamda 5 500 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Ben Shelton esa 2,8 mln dollar hamda 1300 reyting ochkosiga ega chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida, Aleksandr Zverev 29 yoshda. Germaniyalik tennischi Professional tennischilar assosiasiyasi (ATP) turnirlarining yakkalik bahslarida jami 26 ta titulni qo‘lga kiritgan. Germaniyalik sportchi 2 marta “Katta dubulg‘a” turnirlarida g‘olib chiqqan (Fransiya ochiq chempionati-2026) va (US Open-2026). U yakkalik bahslarida 2020 yilgi Tokio Olimpiadasining (2021 yilda o‘tkazilgan) oltin medali sohibi hamda ikki karra ATP Finals turnirining ikki karra g‘olibi (2018, 2021) hisoblanadi.

Ben Shelton 23 yoshda. Amerikalik tennischi Professional tennischilar assosiasiyasi (ATP) turnirlarining yakkalik bahslarida jami 2 ta titulni qo‘lga kiritgan. U 2026 yilgi US Open turnirining chorak final bahsida amaldagi chempion ispaniyalik Karlos Alkarasni yengishga muvaffaq bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:44, 14.09.2026.
O'qildi: 551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик