Darvozabon Eduar Mendi Senegal terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U bu haqda juda qisqa tarzda xabar berib, ijtimoiy tarmoqda atigi ikki so‘z yozdi.
«Rahmat, Senegal», — deb yozdi so‘nggi yillarda milliy jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Mendi.
Qayd etish joiz, Senegal terma jamoasi so‘nggi yillarda sport natijalari borasida muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, jamoa ichidagi vaziyat har doim ham ideal bo‘lmagan.
Masalan, o‘tgan jahon chempionati vaqtida terma jamoa atrofida musobaqa maqomiga mos moliyaviy ta’minlash bo‘lmagani bilan bog‘liq mojarolar yuzaga kelgan. Hatto Mendi o‘z tibbiy sug‘urtasi xarajatlarini shaxsan qoplashga majbur bo‘lgan.













