«Neom» bosh murabbiyi Kristof Galtye Saudiya Arabistoni chempionatining 7-turida «Al-Fath»ga qarshi o‘tgan va 4:2 hisobida yakunlangan uchrashuv vaqtida qizil kartochka oldi.
60 yoshli fransiyalik mutaxassis raqib jamoa zaxira o‘rindig‘i tomondagi kimgadir o‘rta barmog‘ini ko‘rsatib, haqoratli ishora qildi.
Shundan so‘ng bosh hakam Galtyeni maydon chetidan chetlatishga qaror qildi.














