Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi yo‘nalish haqida bayonot berdi — mutaxassis yosh futbolchilarga ko‘proq ishonch bildirmoqchi.
«Bizda 2008 yilda tug‘ilgan, ajoyib sifatlarga ega yosh futbolchilar bor. Ular hozircha o‘ynamayapti, ammo bu darajada o‘ynay olishadi. Hozir ularni kuzatish uchun ayni vaqt.
Ha, futbolchi hatto 36 yoki 37 yoshida ham juda yuqori darajani namoyish qilishi mumkin. Ammo hozir yosh futbolchilarga ustuvorlik berish uchun qulay payt.
Jahon chempionati biz uchun ko‘ngilsiz yakunlandi va bundan afsusdamiz, ammo endi oldinga qarashimiz kerak. Yangi avlod futbolchilarini tayyorlash uchun vaqtimiz bor. Endi yangi yosh iqtidorlarni ko‘rish uchun o‘rtoqlik uchrashuvlaridan foydalanamiz.
Menimcha, Braziliya dunyodagi eng yaxshi terma jamoalar qatorida bo‘lishi kerak. Keyingi jahon chempionatida yaxshiroq natija ko‘rsatish uchun darajamizni oshirishimiz zarur», — dedi Anchelotti.
2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi 1/8 finalda turnirni tark etdi. Karlo Anchelotti shogirdlari Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













