"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaning jarohat olgan futbolchilari Amad Diallo va Matteys de Ligtning holati haqida ma’lumot berdi.
Mutaxassisning aytishicha, Amad hozircha safga qaytishga yaqin emas. Biroq uning tiklanish jarayoni hafta davomida qanday kechishiga qarab vaziyat o‘zgarishi mumkin.
"Amad hozircha qaytishga yaqin emas, ammo hafta davomida jarayon qanday ketishini ko‘ramiz", — dedi Karrik.
De Ligtning holati haqida gapirar ekan, "MYU" ustozi uning tiklanish ustida ishlashda davom etayotganini bildirdi, ammo maydonga qaytish uchun aniq muddat aytishni istamadi.
"Matteys ishlashda davom etyapti. Men aniq muddatlarni aytishni ma’qul ko‘rmayman", — dedi Karrik.













