«Real» hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda g‘olib chiqishga jiddiy asoslarga ega. Bu haqda L’Equipe nashri yozdi.
Manba ta’kidlashicha, individual natijalar mazkur mukofot uchun ovoz berishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi va bu jihatdan Mbappening ko‘rsatkichlari juda kuchli.
Fransiyalik hujumchi Ispaniya La Ligasi, Chempionlar ligasi va jahon chempionatida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
O‘tgan yili «Oltin to‘p»ni Fransiya terma jamoasining yana bir hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi. Undan bir yil avval esa nufuzli sovrin Rodriga nasib etgan.
Qayd etish joiz, Mbappe o‘tgan yilgi «Oltin to‘p» ovoz berishida 7-o‘rinni egallagan.













