Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda
14/10 21:45 LASK - Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord - Komo
14/10 23:59 Manchester Siti - PSJ
14/10 23:59 Roma - Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa - Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis - Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt - Borussiya D
14/10 23:59 Slovan - Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor - AEK

Goran Tomich: «Al-Xolidiya»ning maqsadi — pley-off»

Goran Tomich: «Al-Xolidiya»ning maqsadi — pley-off»

Baho:
+ | -

«Al-Xolidiya» bosh murabbiyi Goran Tomich jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi guruh bosqichi 1-turida «Nasaf»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Xorvatiyalik mutaxassis 15 sentyabr kuni Bahrayn milliy stadionida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoasi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini ta’kidladi.

«Jamoa yaxshi holatda. Mavsumdagi dastlabki uchta o‘yinimizda munosib darajada harakat qildik va bu uchrashuvlar Osiyo musobaqasiga tayyorgarlik nuqtai nazaridan ham bizga yordam berdi», — dedi Tomich.

«Al-Xolidiya» Osiyo Chempionlar ligasi 2ning A guruhida «Nasaf», «Al-Vahda» va «Kuvayt SK» bilan birga bahs olib boradi. Tomich guruhda kuchli raqiblar jamlanganini tan olgan holda, bu holat jamoaning maqsadlariga ta’sir qilmasligini aytdi.

«Guruhimizda kuchli jamoalar bor. Ammo biz o‘zimizni boshqa raqiblardan kam deb hisoblamaymiz. Har bir uchrashuvda raqobatlashishga harakat qilamiz», — dedi murabbiy.

Tomichning ta’kidlashicha, «Al-Xolidiya» musobaqada uzoqroq yo‘l bosib o‘tishni maqsad qilgan.

«Maqsadimiz — har bir o‘yinda raqobatlashish va yakunda pley-off bosqichiga chiqish», — dedi u.

«Al-Xolidiya» ichki chempionatda ham mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan. Jamoa Nosir bin Hamad Premyer-ligasining dastlabki uchta uchrashuvida 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etgan. Shu jumladan, «Al-Najma»ni 7:2 hisobida mag‘lub etgan va «Aali»ni 3:1 hisobida yenggan. So‘nggi turda esa «Al-Riffa» bilan 0:0 o‘ynagan.

Bahraynlik futbolchilar ham «Nasaf»ga qarshi bahsning murakkab bo‘lishini tan olishmoqda. «Al-Xolidiya» futbolchisi Nizor al-Usmoniyning aytishicha, jamoa O‘zbekiston klubiga qarshi bahsning qiyinligini yaxshi tushunadi, ammo uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqadi.

«Barcha futbolchilar o‘yinga tayyor. Birinchi uchrashuvda uch ochko olishni istaymiz. Barcha kuchimizni maydonda qoldirishga tayyormiz», — dedi u.

«Al-Xolidiya» — «Nasaf» uchrashuvi 16 sentyabr kuni Bahrayn milliy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Osiyo Chempionlar ligasi 2 | 2026/27 | 1-tur
«Al-Xolidiya» — «Nasaf»
16 sentyabr, Bahrayn milliy stadioni.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:45, 16.09.2026.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик