Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

"Real" yozda ikki darvozabon taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

"Real" yozda ikki darvozabon taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yozgi transferlar oynasida ikki nafar darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini rad etgan. Bunga klub rahbariyatining Tibo Kurtuaga bo‘lgan ishonchi sabab bo‘lgan.

Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ikki nafar darvozabonning vakillari "qirollik klubi" bilan bog‘lanib, o‘z mijozlarini taklif qilgan. Biroq madridliklar yangi golkiperlarni jalb qilishga qiziqish bildirmagan.

"Bizda dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor", — deya javob qaytargan "Real" rahbariyati.

Qayd etilishicha, futbolchilarning agentlari Madrid klubining darvozabonlar bilan bog‘liq uzoq muddatli rejalaridan xabardor bo‘lgan. Shunga qaramay, "Real" Kurtuaga ishonch bildirishni davom ettirib, muqobil variantlarni ko‘rib chiqishni istamagan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, belgiyalik darvozabon yaqin orada klub bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda. Tomonlar hamkorlikni 2028 yil iyun oyiga qadar davom ettirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Tibo Kurtua 2018 yilda Londonning "Chelsi" klubidan "Real"ga ko‘chib o‘tgan edi.

Shundan buyon belgiyalik golkiper madridliklarning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib, jamoaning Ispaniya va Yevropa miqyosidagi nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Kiritildi: 12:24, 13.10.2026.
O'qildi: 1676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик