"Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yong faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin.
Football Insider nashrining xabar berishicha, "ko‘klar" niderlandiyalik futbolchini "Manchester Siti"ga o‘tib ketgan Enso Fernandesning o‘rnini to‘ldirishga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" 29 yoshli yarim himoyachisini 59 million yevrodan yuqori baholamoqda. Biroq Kataloniya klubi De Yongni sotishga intilayotgani yo‘q.
Niderlandiyalik futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida olgan jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda. Shu sababli u joriy mavsumda hali biror marta maydonga tushmadi.
Frenki De Yongning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













