«Real» Joze Mourinyu bosh murabbiylikka qaytganidan keyingi 7 ta o‘yinning 6 tasida g‘alaba qozondi.
Madridliklar bugun Ispaniya chempionati 6-turida «Elche»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. «Qaymoqranglilar» g‘alaba golini ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda urdi.
Bunga qadar «Real» «Rayo Valyekano»ni 4:1, «Inter»ni 2:1, «Malaga»ni 4:0, «Real Sosyedad»ni 4:1 va «Espanyol»ni 2:1 hisobida yenggan edi.
Jamoa joriy mavsumdagi yagona mag‘lubiyatini «Betis»ga qarshi o‘yinda qabul qildi — 0:1.
20 sentyabr kuni «Real» Madrid derbisida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.













