«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro jamoadoshi Moyses Kaysedo haqida yuqori fikr bildirdi.
«Kaysedo o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Bu haqda ortiqcha gapirishim ham shart emas, chunki menimcha, buni hamma biladi. U — mashina. Kaysedo biz uchun juda muhim futbolchi», — dedi Joao Pedro.













