Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Shtiller «Bayer» taklifini qabul qilmadi — sabablar ma’lum bo‘ldi

Shtiller «Bayer» taklifini qabul qilmadi — sabablar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Shtutgart» markaziy yarim himoyachisi Anjelo Shtiller yozgi transfer oynasida «Bayer»ga o‘tish imkoniyatini rad etgan. Bu haqda BILD xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Leverkuzen klubi germaniyalik futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilgan. Ammo Shtiller uzoq mulohazadan so‘ng bu taklifni qabul qilmaslikka qaror qilgan.

Uning qaroriga ta’sir qilgan asosiy omillardan biri Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyati bo‘lgan. Shtiller joriy mavsum «Shtutgart» bilan ushbu musobaqada o‘ynaydi, «Bayer» esa Yevropa ligasida qatnashadi.

Shuningdek, futbolchining «Shtutgart» bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness bilan yaxshi munosabatlari ham muhim ahamiyat kasb etgan.

Shtillerning shartnomasida 37,5 mln yevrolik tovon puli bandi mavjud bo‘lib, u kelasi yozda yana kuchga kiradi. «Shtutgart» esa 3,5 mln yevro to‘lab, ushbu bandni bekor qilish huquqiga ega.

Kiritildi: 16:46, 16.09.2026.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик