"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Karim Adeyemining o‘yini haqida fikr bildirdi.
24 yoshli futbolchi chorshanba kuni La Liga doirasida "Rasing"ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda ikki golli uzatma amalga oshirdi.
"Karimda hali o‘sish uchun imkoniyat bor. U bizning o‘yin uslubimizga moslashishi kerak. Ammo bugun uning nimalarga qodir ekanini ko‘rdik.
Transferdan oldin u Germaniyada oson bo‘lmagan davrni boshdan kechirdi. Biz unga bu yerda o‘zini erkin his qilish va moslashib ketishda yordam berishga harakat qilyapmiz.
U nihoyatda tezkor futbolchi. Laminga bergan golli uzatmasi esa ajoyib epizod bo‘ldi", — dedi Flik.
Karim Adeyemi "Barselona" safida o‘tkazgan yettita uchrashuvda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.













