Campeones Cup uchun kechgan uchrashuvda AQSHning "Inter Mayami" klubi Meksikaning "Krus Asul" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Florida vakillari 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, sovrinni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi gollardan birini 39 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi urdi.
Shu tariqa, Messi turnirlarning final uchrashuvlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatidagi jahon rekordini yana yaxshiladi. Argentinalikning finallarda urgan gollari soni 36 taga yetdi.
Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi "Inter Mayami" safida 2023 yil iyul oyidan buyon to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil dekabr oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Messining transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.













