O‘zbekiston Superligasining 22-turini o‘tkazib yuboradigan futbolchilar va rasmiylar ro‘yxati ma’lum qilindi.
Ro‘yxatdan jami 7 nafar vakil o‘rin olgan. "Andijon"dan Anvarjon Nazirov va Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, "Buxoro"dan Shahzod Ibragimov, OKMKdan Behruz Islomov navbatdagi turda ishtirok etmaydi.
Shuningdek, "Nasaf" vakili Mirshodbek Suyunov, "Neftchi"dan Javohirbek Mahmudov hamda "Qizilqum"dan Asadbek Baxshilloyev ham 22-turni o‘tkazib yuboradi.














