«Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamal La Liganing 6-turida «Rasing»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jamoasining 7:2 hisobidagi yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi mazkur bahsda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u birinchi bo‘lim oxirida penaltidan foydalana olmadi.
Yamal joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.
Shu tariqa, u «gol+pas» tizimi bo‘yicha 12 ta samarali harakat bilan «Barselona» safida Rafinyadan keyingi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.
Rafinya hisobiga esa 11 ta gol va 3 ta golli uzatma yozilgan.













