«Real» vingeri Rodrigo jamoadagi eng tez jahli chiqadigan o‘yinchi nomini aytdi. U «qaymoqranglilar» sardori Federiko Valverdeni ko‘rsatib o‘tdi.
«Eng achchig‘i tez chiqadigani — Fede Valverde», — dedi Rodrigo klub matbuot xizmatiga.
O‘tgan mavsumda Valverde mashg‘ulot vaqtida Orelyen Tchuameni bilan urishib qolgan edi. Urugvaylik futbolchiga shifokorlar yordami kerak bo‘lgandi. Futbolchilar vaqtinchalik jamoadan chetlatilgan edi, ammo hozirda ular tarkibga qaytgan.













