«Bavariya»ning faxriy prezidenti Uli Xyoness bu yil «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi kerakligi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, mukofotning asosiy da’vogari Xarri Keyn.
«Keyn “Oltin to‘p”ga mutlaqo munosib. U mukofotni oladi, degan umiddaman. Menimcha, Messining yana bir “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi bema’nilik bo‘lar edi. Xarri Keyn barcha turnirlarda ajoyib mavsum o‘tkazdi. Agar u bu yil mukofotga munosib bo‘lmasa, unda kim munosib? Mbappe? “Real” birorta ham sovrin yutmadi, biz esa ikkita sovrinni qo‘lga kiritdik», — dedi Xyoness.
O‘tgan mavsumda Xarri Keyn «Bavariya» safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.













