Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-0 Paxtakor

«Barselona» Revolut bilan hamkorlikdan Figu sabab voz kechdi

«Barselona» Revolut bilan hamkorlikdan Figu sabab voz kechdi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi hozircha CaixaBank bilan amaldagi kelishuvini uzaytirgani yo‘q. Bu holat klub bilan hamkorlik qilishni istagan boshqa ehtimoliy investorlarni ham qiziqtirmoqda.

Revolut kompaniyasi «Barselona»ga manfaatli taklif bilan chiqqan, ammo klub rahbariyati masalani o‘rganib chiqqach, hamkorlikdan voz kechishga majbur bo‘lgan.

Bu qarorning asosiy sababi — Luish Figu. Portugaliyalik sobiq futbolchi Revolut bilan yaqin hamkorlik qiladi va amalda kompaniyaning taniqli yuzlaridan biri hisoblanadi.

Aynan shu jihat «Barselona» rahbariyatiga ma’qul kelmagan. Figu 2000 yilda kataloniyaliklar safini tark etib, madridning «Real» klubiga o‘tganidan keyin Barselonada u shaxsiy «non grata»ga aylangan.

derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, aynan Figu bilan bog‘liq omil tufayli «Barselona» va Revolut o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuv amalga oshmagan.

Kiritildi: 07:33, 18.09.2026.
O'qildi: 1389 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик