Fransiyaning «Lion» klubi Yevropa ligasida «Anderlext»ga qarshi o‘yinda o‘ziga xos statistik natijani qayd etdi. Jamoaning boshlang‘ich tarkibida so‘nggi 15 yil ichida ilk bor klub akademiyasidan yetishib chiqqan birorta ham futbolchi bo‘lmadi.
«Lion» tarkibi faqat boshqa klublardan jalb qilingan futbolchilardan tashkil topdi.
Bunday holat so‘nggi bor 2011 yilda, ya’ni «Lion»ning yevrokuboklardagi bundan avvalgi 118 ta o‘yinidan oldin kuzatilgan edi. O‘shanda fransuz klubi Amsterdamning «Ayaks» jamoasiga qarshi bahsda ham boshlang‘ich tarkibga birorta o‘z tarbiyalanuvchisini kiritmagan.
Manba bu holatni klubning yoshlar tizimidagi muammolar bilan bog‘lamoqda.
Kuboklarga kelsak, «Lion» so‘nggi bor 2012 yilda sovrin qo‘lga kiritgan. O‘shanda jamoa Fransiya kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan edi.













