Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Manchester Siti" bir hujumchi uchun kurashmoqda

"Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Manchester Siti" bir hujumchi uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

Leverkuzenning "Bayer" klubida to‘p surayotgan jazoirlik hujumchi Ibragim Maza Yevropa transfer bozorida bir qator top-klublar e’tiborini tortmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining o‘yinlarini "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", Londonning "Arsenal" klubi va Madridning "Atletiko" jamoasi kuzatib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, "Manchester Siti" va "Atletiko" allaqachon hujumchining vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.

Maza 2025 yil yozida "Bayer" safiga qo‘shilgan. Uning Leverkuzen klubi bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Futbolchining transfer qiymati 45 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: 10:29, 18.09.2026.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик