Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

Oksana Chusovitina XX Yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

Oksana Chusovitina XX Yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan XX Yozgi Osiyo o‘yinlarida sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini qaysi sportchilar himoya qilishi ma’lum bo‘ldi.

E’tiborli jihati shundaki, jamoa tarkibidan o‘zbek sportining tirik afsonasi, 51 yoshli Oksana Chusovitina ham joy olgan. Jahon gimnastikasi tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan va hamon yuqori saviyada harakat qilib kelayotgan tajribali sportchi Yaponiyadagi musobaqada ham mamlakat sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, qit’a birinchiligida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi safidan Aleksandra Shevchenko hamda Dildora Aripova kabi gimnastikachilar ham o‘rin olgan. Sportchilar ushbu turnirga murabbiylar — Elvira Rakova va Andrey Markelov qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:

Oksana Chusovitina
Aleksandra Shevchenko
Dildora Aripova

Murabbiylar shtabi:

Elvira Rakova
Andrey Markelov

Ma’lumot uchun, XX Osiyo o‘yinlari 19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 19 sentyabr, shanba kuniga belgilangan bo‘lsa-da, futbol, basketbol va voleybol kabi jamoaviy sport turlari bo‘yicha bahslar allaqachon boshlanib ketgan. Turnirda Osiyo olimpiya kengashiga a’zo 45 ta Milliy olimpiya qo‘mitasidan sportchilar va rasmiy delegasiyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Turnida 43 ta sport turining 70 ta yo‘nalishida 468 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. 5-Paraosiyo o‘yinlari esa 18-24 oktyabr kunlari Aichi-Nagoya shahrida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:39, 18.09.2026.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик