«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Oltin to‘p»ni Parij klubi futbolchilaridan biri qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.
«PSJ»dan Usmon Dembele, Ashraf Hakimiy, Xvicha Kvarasxeliya, Markinyos, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Vilyan Pacho, Fabian Ruis, Ferran Torres va Vitinya sovringa nomzodlar qatoriga kiritilgan.
«Dunyoning eng yaxshi 30 futbolchisi orasiga bizning 10 nafar o‘yinchimiz kirganidan juda xursandmiz. Agar buni biz hal qilganimizda, Dezire Dueni ham ushbu ro‘yxatda ko‘rishni istardik. Nega u yo‘q?
Biz barcha futbolchilarimizni himoya qilishga harakat qilamiz. Bu sovrinni yutishga munosibmiz, deb hisoblaymiz. Bizning falsafamiz — barcha o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlash va biz doim shunday qilishga intilamiz.
«Oltin to‘p»ni kim yutadi? U kim bo‘lishidan qat’i nazar, «PSJ» futbolchisi bo‘lishini istaymiz», — dedi Luis Enrike.













