Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Transfer oynasi yopilgan bo‘lsa ham, «Nissa» yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Transfer oynasi yopilgan bo‘lsa ham, «Nissa» yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Baho:
+ | -

«Nissa» rasmiy sayti «Renn» va Gana terma jamoasi himoyachisi Alidu Seyduni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.

Fransiyadagi qoidalar transfer oynasi 1 sentyabrda yopilganiga qaramay, bunday o‘tishni rasmiylashtirish imkonini beradi. Agar jamoa futbolchisi jiddiy jarohat olsa, klublarga «tibbiy joker» sifatida yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzolashga ruxsat etiladi.

«Nissa» himoyachisi Antuan Mendi 5 sentyabr kuni Liga 1ning 3-turidan o‘rin olgan «Le-Man»ga qarshi bahsda (1:1) oldingi xochsimon paylaridan jarohat olgan edi.

«Biz bu futbolchini va uning o‘yin sifatlarini sinchiklab o‘rgandik. U bir nechta pozisiyada o‘ynay oladi. Shuningdek, uning ruhiy tayyorgarligi va xarakteri haqida ham juda yaxshi fikrlar oldik. Yoshi hali kichik bo‘lishiga qaramay, u kiyinish xonasida yetakchi bo‘la oladi. Bizga aynan shunday futbolchi kerak edi», — dedi «Nissa» bosh murabbiyi Olivye Pantaloni.

Kiritildi: 08:07, 19.09.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик