«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya chempionatining 5-turida «Brentford»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoaning eng yaxshi to‘purari Joao Pedroning jarohati bahona bo‘la olmasligini ta’kidladi.
«Hammamiz mas’uliyatni birdek bo‘lishamiz. Barchasini baholashimiz, tahlil qilishimiz va kelgusida yaxshilashimiz kerak. Bizning vazifamiz — gol urish va gol o‘tkazib yubormaslik. Bugun esa hamma narsa bizga qarshi kechdi.
Ha, Joao Pedroning jarohati o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, ammo hozir bahona izlash yoki ular haqida gapirish vaqti emas. Biz bir-birimizga qarab, qanday qilib yaxshiroq bo‘lishimiz mumkinligini tushunishimiz kerak.
Oldimizda hali uzoq yo‘l bor, ammo juda ko‘p narsani o‘zgartirishimiz zarur. Bizda kerakli pozisiyalarga chiqqan vaziyatlar bo‘ldi, lekin hal qiluvchi harakatlarda yetarlicha aniq bo‘la olmadik. Shuning uchun ham gol ura olmadik», — deya Alonso so‘zlarini BBC keltirdi.













