Angliya futboli faxriysi Jeyms Milner «Manchester Siti»da Mario Balotelli bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi. Uning aytishicha, Balotelli ba’zida bolalarcha harakat qilganiga qaramay, ularning munosabati yaxshi bo‘lgan.
«Men u bilan doimo yaxshi til topishardim, ammo jamoada 11 yoki 12 yoshli bola bordek edi. Ba’zan turib suhbatlashardik, hech kim unga e’tibor bermasdi. Shunda u darhol o‘zini ko‘rsatish uchun qandaydir ahmoqona ish qilib qo‘yardi: shovqin ko‘tarar, nimanidir sindirardi — bularning barchasi odamlar unga qarashi uchun edi», — deya Milnerning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Ayni paytda Balotelli Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat olib bormoqda.













