18 sentyabr, juma kuni braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldo 50 yoshga to‘ldi.
Milanning "Inter" klubi matbuot xizmati sobiq futbolchisini yubiley bilan tabrikladi.
"Ronaldo, tug‘ilgan kuning bilan", — deyiladi Italiya top-klubi matbuot xizmati e’lonida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldo 1997 yildan 2002 yilgacha "neradzurri" safida to‘p surgan. U Milan klubi bilan UEFA kubogini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, braziliyalik futbolchi faoliyati davomida "Barselona", Madridning "Real" klubi, PSV, "Kruzeyro" va "Korintians" jamoalarida ham o‘ynagan.
Ronaldo Braziliya terma jamoasi safida 98 ta uchrashuv o‘tkazib, 62 ta gol urgan.













