Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya "Barselona"dan maoshini ikki barobar oshirishni talab qildi

Rafinya "Barselona"dan maoshini ikki barobar oshirishni talab qildi

Baho:
+ | -

Braziliyalik vinger Rafinya "Barselona" bilan yangi mehnat shartnomasi imzolash bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yulduz futbolchi "ko‘k-anorranglilar"dan maoshini ikki barobar oshirishni talab qilgan. Rafinya klubning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanishni istamoqda.

Hozircha "Barselona" rahbariyatining bu talabga qanday javob berishi ma’lum emas.

29 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Rafinya La Ligada oltita uchrashuvda 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:48, 19.09.2026.
O'qildi: 1268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик