Angliya Premyer-ligasida bugun, 19 sentyabr kuni 5-tur bahslari davom ettiriladi.
Kun dasturidan jami 5 ta uchrashuv o‘rin olgan. Dastlab "Tottenxem" o‘z maydonida "Aston Villa"ni qabul qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.
Soat 19:00 da bir vaqtning o‘zida uchta uchrashuv boshlanadi. "Brayton" amaldagi chempion "Arsenal" bilan bahs olib boradi, "Everton" "Ipsvich"ni, "Nyukasl" esa "Xall Siti"ni qabul qiladi.
Kunning so‘nggi bahsida "Nottingem Forest" va "Koventri Siti" o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
19 sentyabr. APL, 5-tur:
"Tottenxem" — "Aston Villa" — 16:30
"Brayton" — "Arsenal" — 19:00
"Everton" — "Ipsvich" — 19:00
"Nyukasl" — "Xall Siti" — 19:00
"Nottingem Forest" — "Koventri Siti" — 21:30













