Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Aguero Gvardiolaning kelajagi haqida: «U hammani hayratda qoldirishi mumkin»

Aguero Gvardiolaning kelajagi haqida: «U hammani hayratda qoldirishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Gvardiolani yana biror klubda ko‘ramizmi-yo‘qmi, buni aytish juda qiyin. Balki u yangi tajribani sinab ko‘rishni istar va biror terma jamoani boshqarar. Ammo qaysi terma jamoa uning uslubiga mos kelishini ham ko‘rish kerak.

Menimcha, tanaffus unga foyda qiladi va u yaxshilab dam olishi mumkin. Lekin haqiqat shuki, Pep futbol bilan yashaydi. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. U hammani hayratda qoldirib, biror klubda paydo bo‘lishi ham mumkin. Yoki aksincha, yaqin ikki-uch yil davomida murabbiylik qilishni umuman istamasligi ham ehtimol», — dedi Aguero Stake Football'ga bergan intervyusida.

Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016 yildan 2026 yilga qadar boshqargan. U bundan avval «Bavariya»da 2013–2016 yillarda, «Barselona»da esa 2008–2012 yillarda faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 12:07, 19.09.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик