Germaniyaning «Augsburg» klubiga tegishli 21 yoshli Mert Kyomur Yevropa transfer bozorida bir qator jamoalar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Futbolchining o‘yinini Frankfurtning «Ayntraxt», Istanbulning «Beshiktosh», «Bryugge» va «Monako» klublari kuzatib bormoqda.
Shuningdek, «Beshiktosh» vakillari hujumkor yarim himoyachining ehtimoliy transferi bo‘yicha dastlabki so‘rov bilan murojaat qilgani qayd etilgan.
Kyomur 2023 yil yozidan buyon «Augsburg» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Yarim himoyachining bozor qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.













