Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr milliy terma jamoaning jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmaganidan so‘ng, uning o‘zi va qarindoshlari tomonidan aytilgan gaplarga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maguayr terma jamoa tarkibiga kiritilmagani haqida gapirgan, Xarrining onasi Zoi esa Tuxel manziliga tanqidiy fikrlar bildirgan edi.
«Men umrimning oxirigacha buni uning yuziga solib yurmoqchi emasman, chunki men kek saqlaydigan odam emasman. Men hamma narsani yengil va tezda unutaman, ammo bunday narsa menga yoqmadi va bu unga yordam bermaydi», — dedi Tuxel.













