«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Sevilya»ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvdan keyin jurnalistlar savollariga javob berdi.
«Ko‘k-anorranglilar»ga g‘alabani Rafinya Diasning xet-trigi keltirdi. Braziliyalik futbolchi 22, 52 va 69-daqiqalarda gol urdi. Mezbonlar safida esa 19-daqiqada Yussuf Fofana ajralib turdi.
«Biz safarda o‘ynadik, ammo to‘p nazoratini yaxshi ushlab turdik. O‘tgan mavsum bu yerda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edik, shuning uchun bugungi natija bizni to‘liq qoniqtiradi.
O‘yin oson kechmadi, ayniqsa birinchi bo‘lim. Biz to‘pni juda oson yo‘qotdik, odatda bunday holat biz bilan ko‘p uchramaydi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinimiz ancha yaxshilandi», — dedi Flik.
Yetti turdan so‘ng «Barselona» 21 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













