Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rodri: «Biz muhim saboq oldik»

Rodri: «Biz muhim saboq oldik»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes «Sevilya»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi jamoa uchun muhim saboq bo‘lganini aytdi.

Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida chiqib ketdi. 19-daqiqada Yussuf Fofana mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 22-daqiqada Rafinya hisobni tenglashtirdi. Tanaffusdan keyin braziliyalik futbolchi yana ikki bor gol urib, «ko‘k-anorranglilar»ga 3:1 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

«Menimcha, bu o‘yinda biz juda muhim bir saboq oldik. Nega bir xil xatoni qayta-qayta takrorlash kerak? Ba’zan to‘p bilan xotirjamroq harakat qilish lozim. Bugungi o‘yinda bizga aynan shu narsa — to‘p nazorati va ishonchli paslar kerak edi. Birinchi bo‘limda juda ko‘p keraksiz to‘p yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ydik.

«Sevilya» bizga qarshi qanday o‘ynashni juda yaxshi bilardi va birinchi bo‘limda qarshi hujumlarda tez-tez oldinga chiqdi. Ba’zan aqlliroq o‘ynash, ortiqcha tavakkal qilmaslik kerak», — dedi Rodri uchrashuvdan keyingi intervyuda.

«Barselona» xalqaro tanaffusga Ispaniya chempionati peshqadami sifatida yo‘l olmoqda. Kataloniyaliklar yetti turdan keyin 21 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 08:51, 20.09.2026.
O'qildi: 1202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик