«Real Sosyedad» himoyachisi Jon Aramburu «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin.
Ma’lumotga ko‘ra, «shaharliklar» skautlari 24 yoshli futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Angliya klubiga himoyachining universalligi ma’qul bo‘lgan — u himoyaning ham chap, ham o‘ng qanotida harakat qila oladi.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» «Chelsi» futbolchisi Malo Gyusto va «Nyukasl» himoyachisi Valentino Livramento transferlarini amalga oshira olmagandan keyin e’tiborini Aramburuga qaratgan.













